Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda ishsiz xotin-qizlar uchun yangi sex ishga tushirildi

Buxoroda ishsiz xotin-qizlar uchun yangi sex ishga tushirildi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Narbayeva bugun, 22 iyul kuni Buxoroga tashrif buyurdi. Bu haqda Xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Buxoro viloyatining Jondor tumanida 70 nafar ishsiz xotin-qizlar uchun yangi sex ishga tushirildi.

Ulardan 40 nafarini og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar tashkil qiladi.

Ushbu maskanda faoliyat yuritadigan xotin-qizlar tikuvchilik, sartaroshlik, ko‘rpado‘zlik, so‘zana tikish, qurilish va bo‘yokchilik kabi faoliyat turlari bilan shug‘ullanib, doimiy ishga ega bo‘lishdi. Ularga mehnat daftarchalari topshirildi. Ayollarning farzandlari uchun kichik guruhlar tashkil etilib, ularga pedagog va psixologlar biriktirildi.

«Bunday hayrli ishlar davlatimizda xotin-qizlarimizga berilayetgan yuksak e’tiborning bir namunasidir. Barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar aslida bizning opa-singillarimiz, farzandlarimizning baxti-saodati uchundir. Eng olis go‘shalarda ayollarimiz, ayniqsa og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin- qizlar uchun uy-joylar qurilishi, yangi korxonalar, sexlar ishga tushirilib, ularning bandligi ta’minlanishi oilalarimizning turmush darajasining oshishiga, munis ayollarimizning hayotdan rozi bo‘lib yashashlariga xizmat qilmoqda. Buning yorqin isbotini Jondor tumanidagi opa-singillarimiz kayfiyatida ko‘rdik. Ularning quvonchi cheksiz. Buxoro viloyatida shu yilning 6 oyi davomida 2 ming nafardan ortiq ayollarimiz bandligi ta’minlandi. Rejalarimiz aniq, viloyatning qolgan hududlarida ham ayollarimiz uchun barcha sharoitlarga ega bo‘lgan ish joylari tashkil etilmoqda»,-dedi Tanzila Narbayeva.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring