Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda saksovulni beayov kesganlar qo‘lga olindi

Buxoroda saksovulni beayov kesganlar qo‘lga olindi

Foto: Telegram/Ekologuz

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, joriy yilning 2 sentyabr kuni Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassis va inspektorlari, Shofirkon Davlat O‘rmon xo‘jaligi hamda tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor ekologik reyd tadbiri davrida T-28 traktorida 2 tirkamada saksovul o‘simligi noqonuniy tarzda tashib ketilayotgan holati aniqlashgan.

Ushbu sodir etilgan qonunbuzarlik yuzasidan qonunbuzar fuqaroga nisbatan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, transpotr vositasi Shofirkon tuman jarima maydonchasiga vaqtincha ushlab turish uchun qo‘yildi.

Shofirkon tuman Davlat O‘rmon xo‘jaligining 06.09.2019 yildagi №209 sonli xatiga asosan tuplangan materiallar MJtKning 261-moddasi asosida Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Shofirkon tuman inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqildi.

Huquqbuzarlik Vardonze MFY Vardonze qishlog‘ida yashovchi fuqaro Muxiddinov Dilshod tomonidan sodir etilgan bo‘lib, unga nisbatan №0000526 sonli bayonnoma rasmiylatirilib MJTK ning 79 modda 1-qismi qo‘llanlib ma’muriy jarima undirildi. Noqonuniy kesilgan saksovullar o‘rmon fondi yerlaridan kesilganligi inobatga olinib, yetkazilgan zarar o‘rmon xo‘jaligi xisobiga undirildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring