Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda sigareta qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro jarimaga tortildi.

Buxoroda sigareta qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlagan fuqaro jarimaga tortildi.

Foto: Ecologuz kanali

Qonuniy tomondan olib qaraydigan bo‘lsak chiqindilar u yuqda tursin bir dona sigareta qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlanilishi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91-moddasi 1-qismiga asosan jarima belglanishiga sabab bo‘ladi.

Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Olot tuman inspeksiyasi inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tabiri davomida Olot shahar Shayxlar MFY da yashovchi fuqaro T. B. ko‘chada sigaret qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlayotgan holati aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91-moddasi pr 1 ga asosan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, eng kam ish haqining yarim barobari miqdorida jarima qo‘llanildi.

Agarda barcha ichki ishlarning xodimlari ana shunday mas’uliyat bilan o‘z vazifalariga yondoshishsa, albatta fuqarolarimizning ekologik ongi va ekologik madaniyati ancha tez shakllanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring