Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorodagi ipak va ziravorlar festivali qasidasi (foto)

Buxorodagi ipak va ziravorlar festivali qasidasi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Qadim Buxoro shahrida XVIIII xalqaro ipak va ziravorlar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festivalning zavqini tuymoqchi bo‘lsangiz, mana shu suratlarga boqing.

Buxoroga marhabo!

Eh-he-he-he-ye-yey-y-y...
Odamlaru odamlar,
Bog‘da bitgan bodomlar,
Eshitmadim demanglar,
Eshitganlar jilmanglar.

Sahar ko‘z ochmay Quyosh,
Uyg‘oningiz keksa yosh.
Ipaklari nur, tillo,
Ziravorlari shifo.

An’anayu urf-odat,
Bong chaladi qadriyat.
Hunarmandu savdogar,
Karvonga to‘lar shahar.

Arkdan to Labi Hovuz,
Mehmonga tutadi yuz.
Minorayi Kalon - shod,
Qo‘shmadrasa - qo‘sh qanot.

Toqi Sarrafonu Tim,
Zargaronni bilmas kim?!
Toqi Telpakfurushon,
Mag‘g‘oki Attoron bir yon.

Mir Arab ham zo‘r hayrat -
Ziyosi tanga quvvat.
Masjidu Kalon beshak -
Islom diniga bezak.

Ul serviqor Ko‘kaldosh,
Deglarida pishar osh.
Nodir Divonbegida,
Kuy-qo‘shiq qizir juda.

Rastalaru do‘konlar,
Ipak, shoyiga to‘lar.
Yetti yoshdan yetmish yosh,
Qalbida qizir quyosh.

Har o‘lkaga xos odat,
Bunda topgay saodat.
14 voha bo‘lib ja’m,
Yurtni qilar mustahkam.

Turli tanlov, bellashuv,
Musobaqayu o‘quv -
Iqtidorga berib yo‘l,
G‘oliblarga cho‘zar qo‘l.

Fidoiy, komil yoshlar,
Barchani ahdga boshlar.
Ko‘rsatishib tashabbus,
Tarixga tutishar yuz.

Millat faxri cho‘zib bo‘y,
Yurtda bo‘lar katta to‘y.
Keling, bunda bo‘ling jam,
Zavq-shavqdan oling baham.

Odamlaru odamlar,
Eshitmadim demanglar...

Laylo Hayitova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring