Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxorolik qiz Nyu-York politsiyasiga ishga kirgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi

Buxorolik qiz Nyu-York politsiyasiga ishga kirgan ilk o‘zbekistonlik bo‘ldi

Foto:«Youtube»

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan qiz AQSh politsiyasi safida xizmat qilmoqda. Bu haqda «Amerika ovozi» xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, buxorolik Sadoqat Maqsudova Nyu-Yorkka oilasi bilan 2009-yilda ko‘chib kelgan. U bir yarim yillik kadetlik kursidan so‘ng yaqinda Nyu-York politsiya akademiyasiga kirdi va olti oylik kursni bitirib, politsiya xizmatiga ishga qabul qilindi. U xizmatni o‘zbeklar ko‘p istiqomat qiladigan Bruklin tumanida o‘tamoqda.

Uning bobosi va buvisi Sadoqat Nyu-York shahri osoyishtaligini saqlashga hissa qo‘shishidan xursand ekanliklarini bildirishdi.

Ma’lumot berilishicha, Nyu-York tinchligini 36 ming nafar politsiyachi qo‘riqlaydi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring