Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Buxoroni bir yil «favqulodda holat»da ushlayman — Shavkat Mirziyoyev

Buxoroni bir yil «favqulodda holat»da ushlayman — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tayotgan faollar yig‘ilishida Botir Zaripov viloyat hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev yangi hokimga murojaat qildi va uning oldiga qo‘yiladigan talab haqida gapirdi.

Davlat rahbari shu bilan birga yangi davrda yaratilayotgan imkoniyatlarga to‘xtalib o‘tdi.

— Bir vaqtlar oddiygina loyiha uchun ham budjetdan pul olish juda qiyin edi. Qog‘ozbozlik juda kuchli bo‘lgan. Hozir hamma sharoit bor, endi faqat ishlash kerak.

Buxoroni shunaqa ko‘z oldimga keltiramanki, u rivojlanish mayog‘i bo‘lishi kerak. Yangi hokim faqat halol ishlashi shart. Davlat lavozimida ishlab, och qolmaydi odam. Faqat halol ishlash kerak.

Biz ishlagan vaqtlarda maoshimiz bitta galstukka yetmasdi. Men bir yil emas, ko‘p yillar hokim bo‘lib ishlaganman. U vaqtlarda hokimning qo‘lidan hech narsa kelmasdi. Paxta degan baloga bog‘lanib qolgandik, boshqa ish qila olmasdik. Yerlarni buzdik, yaxshi hosil olish uchun na o‘g‘it bor edi, na solyarka, na texnika va na maosh bor edi.

Hozir safsata sotayotganlarni eshitsam, o‘ylanib qolaman, bu odamlar ilgari qanday sharoitda yashaganimizni bilarmikan? Mana oqsoqollar o‘tiribdi, ular yaxshi biladi, oxirgi yillarda qancha odam uyli-joyli bo‘ldi.

Agar xalq hokimdan rozi bo‘lsa, bu mening omadim, chunki xalq mendan ham rozi bo‘ladi.

Men bir yil Buxoroni «favqulodda holat»da ushlayman. Viloyat hokimi ham, tuman hokimi ham kabinetiga kirmaydi. Hamma mahallabay ishlashga to‘liq o‘tishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring