Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buyuk Britaniya elchilari bilan qiynoqlar masalasida onlayn-muloqot o‘tkazildi – Ombudsman matbuot xizmati

Buyuk Britaniya elchilari bilan qiynoqlar masalasida onlayn-muloqot o‘tkazildi – Ombudsman matbuot xizmati

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyati mudiri Saidbek Azimov Buyuk Britaniyaning inson huquqlari bo‘yicha elchisi, BMTning Jenevadagi doimiy vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari Rita French hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot o‘rtasida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.  Bu haqda  «Xabar.uz»ga Ombudsman matbuot ma’lum qildi.

Muloqotning asosiy mavzusi qiynoqlarni oldini olishga doir masalalari bo‘lib, bu borada mamkalatimizda olib borilayotgan ishlar haqli e’tirof etildi. Xususan, keyingi yillarda mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlash borasida muhim tashabbuslar ilgari surilgani, jumladan, Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari mustahkamlanib, Vakil vakolatlari kengaytirilgani, qonunchilikka muhim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgani ta’kidlandi. Qolaversa, Ombudsman huzurida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha Milliy preventiv mexanizm yo‘lga qo‘yilib, bu orqali Jazoni ijro etish muassasalari, tergov xibsxonalari va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlarining ta’minlanishi bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatilgani alohida qayd etildi. Shuningdek, Ombudsman instituti O‘zbekiston hukumati va parlamenti tomonida qo‘llab-quvvatlanayotgani barobarida u o‘zining xalqaro pozitsiyasini mustahkamlab, 2020-yilda Milliy inson huquqlarini himoya qilish muassasalarining Global alyansi tomonidan «B» maqomga ega bo‘lganligini yuqori baholadi.

Uchrashuv davomida «Bolalar Ombudsmani to‘g‘risida»gi qonun loyihasini xalqaro talablar darajasida ishlab chiqish, 2020-yilda Vakil nomiga yuborilgan murojaatlar tahlili borasida ham o‘zaro fikr almashildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring