Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chegara bo‘yicha muzokara, o‘chirilayotgan sovuq suv, Samarqanddagi fojia, Messi va Saloh poygasi, isloh qilinayogan kinoprokat tizimi va boshqa xabarlar

Chegara bo‘yicha muzokara, o‘chirilayotgan sovuq suv, Samarqanddagi fojia, Messi va Saloh poygasi, isloh qilinayogan kinoprokat tizimi va boshqa xabarlar

Kollaj: «Xabar.uz»

Bugun, 8-aprel kuni O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan xabarlar, yangiliklar haqida yana bir bor eslab o‘tamiz. Shuningdek, saytimizda e’lon qilingan dolzarb maqolalar va foydali ma’lumotlarni ham tavsiya qilamiz.

Siyosat

Ikki davlat hukumat rahbarlari chegaradagi voqeani muhokama qilishdi

Tomonlar ertaga, 9-aprel kuni ikki davlat chegara xizmatlari rahbarlari va boshqa tegishli idoralar vakillari ishtirokida uchrashuv o‘tkazilishiga kelishib oldilar.

Jamiyat

Sayyoh uchun aloqa qanchalik muhim?

Biror bir mamlakatga borsangiz, eng avvalo, sog‘-omon yetib kelganingizdan uydagilarni xabardor qilishga shoshilasiz. Iqtisodi taraqqiy etgan, turizm rivojlangan mamlakatlarda bu borada muammolar uchramaydi. Safar davomida mobil telefoningiz bekam-ko‘st ishlab tursa, o‘zingizga ishonchingiz mustahkam bo‘ladi.

Jizzaxdan Manasgacha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi asosida mamlakatimizda qishloq aholisining turmush darajasi va ijtimoiy muhitini yaxshilashga qaratilgan «Obod qishloq» loyihasi doirasida viloyatimizning Do‘stlik tumanidagi Manas qishlog‘ida keng islohotlar amalga oshirildi.

Toshkentda reja asosida suv o‘chiriladi

Rejalashtirilgan suv o‘chirilishi 9-apreldan 16-maygacha jadval asosida olib boriladi.

Navoiyda sotilgan sifatsiz shiferlar yangisiga almashtirildi

Murojaatda aytilishicha, xaridor 2017-yilning noyabr oyida tumandagi do‘konlarning biridan har birini 40 ming so‘mdan 230 dona shifer mahsulotini sotib olgan.

Ta’lim

Ichki ishlar vazirligi akademik litseylariga kirish tartibi belgilandi

Maxsus-professional tanlov natijalariga ko‘ra nomzodni test sinovlarini topshirishga qo‘yish masalasi hal etiladi.

Iqtisodiyot

Olti yillik tanaffusdan so‘ng O‘zbekiston yana Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi

Shartnoma imzolanganidan so‘ng gaz yetkazib berish tizimi juda qisqa vaqt ichida qayta tiklandi. Dastlabki bosqichda gaz qo‘shni mamlakatning chegara oldi hududlari hamda yirik sanoat korxonalariga yetkazib beriladi.

O‘zbekistonga limon qanday kirib kelgan?

Yurtdoshlarimiz allaqachon mazkur sitrus mevani uy sharoitida yetishtirishning hadisini olishgan. Ammo bundan yarim asr avval buni faqat orzu qilish mumkin edi, xolos.

Hodisa

Zangiotada 22 yoshli yigit mahalladoshining uyiga o‘t qo‘ydi. 12 yashar bolakay nobud bo‘ldi

Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasi B.Sning 2006-yilda tug‘ilgan o‘g‘li A.B.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Samarqandda «Kobalt» va «Neksiya» to‘qnashdi. Sakkiz kishi halok bo‘ldi

Shuningdek «Kobalt» avtomashinasining yana 3 nafar yo‘lovchilari, jarohat olib kasalxonaga yotqizilganlar.

«Moyka»da yuz bergan antiqa YTH

Xuddi shu sanada Mirobod tumanida ham yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Unga ko‘ra, haydovchi S.S. «Kaptiva» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, A.X. boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» avtomashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Toshkent ko‘chalaridan birida asfalt cho‘kib tushdi

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan chuqur atrofi shox-shabba va bo‘sh qutilar bilan o‘rab qo‘yilgan. Lekin bu avtomobillar tirbandligining oldini olmagan.

Madaniyat

«O‘zbekiston bulbuli» Tavakkal Qodirov bahorning farzandi edi!

San’atkor Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov singari ulug‘ hofizlar maktabining davomchisi sifatida o‘ziga xos uslub yaratdi. Hofiz yuzlab qo‘shiqlar ijro etdi. U kuylagan «Bizni tashlab», «O‘xshaydi-ku», «Toshkent irog‘i», «Naylaram», «Qo‘qon ushshog‘i», «Tanovar», «Fasli navbahor o‘ldi», «Farg‘ona tong otguncha» va boshqa qo‘shiqlarni hanuz xalqimiz sevib tinglaydi.

Kinoprokat tizimini tashkil etish bo‘yicha qaror imzolandi

«O‘zbekkino» milliy agentligi tizimidagi kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalari narxi Agentlik tomonidan, boshqa kinovideo-tomosha tashkilotlariga kirish chiptalarining narxi ushbu tashkilotlarning o‘zlari tomonidan mustaqil belgilanadi.

Sport

Superliga bahslari qoidasiz janglar maydoniga aylandimi? O‘FAning ayovsiz jazolari

Kecha, 7-aprel kuni O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasi yig‘ilishlarida Superliganing bir qator uchrashuvlaridagi bahsli vaziyatlar o‘rganib chiqildi va aybdor deb topilgan klublar, futbolchilar va hakamlar ayovsiz jazolandi.

Messi va Saloh: «Oltin butsa» uchun kurash qizg‘in tus oldi

La Liganing 31-turida xet-trikka erishgan Messi «Oltin butsa» uchun kurashda «Liverpul» hujumchisi Muhammad Salohga yetib oldi.

Misrlik sayohatchi Rossiyada o‘tadigan jahon chempionatiga velosipedda yo‘l oldi

Muxlis 65 kundan so‘ng Rossiya poytaxtiga yetib borish va turnirda o‘z yurti jamoasini qo‘llab-quvvatlashni niyat qilgan.

Texnologiya

Bolaga necha yoshidan kompyuterga ruxsat berish kerak?

Bugungi bolalar elektron qurilmalarga juda chanqoq (ayniqsa smartfon va planshetlarga): oddiy o‘yinchoq olib bersangiz uzog‘i bilan bir kun o‘ynaydi yoki yo‘q. Keyin navbat yana smartfonga...

LG: haqiqiy flagmanni endi ko‘rasiz

Telefon o‘ziga xos yangi optik suratga olish texnologiya o‘rnatilgan eng qimmat fotokamerasi bilan ajralib turishi xabar qilinmoqda. 16 megapikselli bosh sensorning diafragmasi f/1.5 standartli bo‘ladi, ya’ni jahonda eng ilg‘or.

Dunyo

Kanadadagi avtohalokat qurbonlari soni 15 nafarga yetdi

Avtobusda haydovchi bilan birga 29 kishi bo‘lgan. Politsiya qurbonlarning ism-familiyasini aytishga shoshmayapti. Ammo halokat shohidlari jamoa sardori hamda murabbiyi vafot etgani haqida xabar berishgan.

Donald Trampga tegishli binoda yong‘in

Nyu-Yorkda joylashgan AQSh prezidenti Donald Trampga tegishli «Trump Tower» binosida yong‘in sodir bo‘ldi.

Ramzan Qodirov «Telegram» bloklanishiga munosabatini bildirdi

Uning fikriga ko‘ra, mazkur messenjer foydalanish uchun juda qulay, ammo davlat manfaatlari undan-da muhimroq. Qodirov butunlay cheklov qo‘yish tarafdori emasligini bildirgan.

Muhammad bin Salmon Fransiyaga tashrif buyurdi

Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad uning mamlakatda o‘tkazayotgan islohotlarini namoyish qilish hamda Parij bilan aloqalarini yanada kuchaytirish ekanligi aytilmoqda.

Tavsiya qilamiz

Fotoaybnoma! Pochcha va er... sotiladi!

To‘g‘risi, xato yozuvlar uchun qanday jazo qo‘llanishi mumkinligini mening o‘zim ham bilmayman.

Nil Armstrong oyda azon ovozini eshitganmi?

Shundan so‘ng Armstrongning bergan javobi misrliklarga xuddi ochiq osmondagi yashindek ta’sir qildi: «Men Oyga ilk bor qadam qo‘yganimda bu ovozni eshitgandim. O‘sha paytda butun vujudim jimirlab ketgandi. Avval qulog‘imda shovqin turdi, keyin allaqandlay yoqimli tuyg‘ularni his etdim».

Nega milliy mahsulotlardan qochamiz?

Ishlab chiqaruvchi biror nomdorroq davlat bo‘lsa-ku yaxshi, bordi-yu «O‘zimizda chiqarilgan» deyishsa «tarvuzimiz qo‘ltig‘imizdan tushadi». Nega, axir mustaqil bo‘lganimizga, bozor iqtisodiyotini tanlab, ishlab chiqarish sohasini yo‘lga qo‘yganimizga ozmuncha vaqt bo‘lmadi-ku?

Matbuotning yuki yengil emas (birinchi maqola)

Aslida qanday kitob o‘qish, qaysi gazeta yoki jurnalga yozilish har kimning shaxsiy tanlovi. Biroq yuqorida keltirilgan holatlar mavjudligi uchun ham bu jarayonga davlat aralashishga majbur bo‘layotir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring