Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chirchiq shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Chirchiq shahriga yangi hokim tasdiqlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati

Xalq deputatlari Chirchiq shahri Kengashining navbatdan tashqari uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
 
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi, deya xabar berdi Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmati.
 
Unda Rashidov Qahramon Botirovichni Chirchiq shahar hokimi vazifasidan ozod etish to‘g‘risidagi viloyat hokimining qarori Xalq deputatlari shahar kengashi deputatlari tomonidan tasdiqlandi.

Toshkent viloyati hokimi Rustam Xolmatov Chirchiq shahar hokimi lavozimiga Yusupov Sanjar Mirtoirovich nomzodini tasviya qildi.
 
Muzokaralardan so‘ng, Yusupov Sanjar Mirtoirovich Chirchiq shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
 
Sanjar Yusupov 2018-2020-yillar davomida Toshkent viloyati hokimining kapital qurilish va kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
 
 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring