Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Dam olish kunlariga ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Dam olish kunlariga ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha haroratning asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi.

Ertaga respublika bo‘yicha havo harorati 36-41° atrofida, janubda va cho‘l hududlarda 42-43° gacha bo‘ladi.

Yakshanba kuni issiqning oshib borishi davom etadi, shu kuni termometr ustuni ba’zi joylarda 40-43° gacha, janubda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 45° issiqgacha ko‘tariladi.

Issiq havo kirib kelishi shamolning kuchayishi bilan qayd etiladi.

Ertaga respublikaning shimoliy hududlarida, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarining cho‘l hududlarida, yakshanba kuni esa respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatiladi.

17 iyulda ayrim joylarda shamol 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring