Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daromadni deklaratsiyalash bojxonachilardan boshlanadi

Daromadni deklaratsiyalash bojxonachilardan boshlanadi

Foto:«Xabar.uz»

2023-yil 1-yanvardan bojxona organlari xodimlarining daromadlari va mol-mulkini deklaratsiyalash joriy etiladi.

Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati rahbari vazifasini bajaruvchi Husan Tangriyev ma’lum qildi.

2023-yil yakuniga qadar respublikaning barcha xalqaro aeroportlarida «Masofaviy bojxona nazorati» tizimi joriy etiladi.

2022-yil 1-dekabrdan bojxona ko‘rigi jarayonlari qamrab olingan mobil elektron tizim ishga tushiriladi.

2022-yil 1-iyunga qadar kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlash hamda tanlov jarayonlarining natijalari internet tarmog‘i orqali real vaqt rejimida e’lon qilib borish yo‘lga qo‘yiladi.

2022-yil 1-sentyabrga qadar xalqaro standartlarga muvofiq komplayens nazorat tizimi to‘laqonli ishga tushiriladi.

2022-yil 1-oktyabrga qadar bojxona yuk deklaratsiyalarini «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibi joriy qilinadi.

2022-yil 1-sentyabrdan boshlab, xavf darajasi past bo‘lgan bojxona yuk deklaratsiyalarini bosqichma-bosqich inson omilisiz avtomatik ravishda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish hajmi oshirib boriladi, 2023- yil 1-yanvarga qadar eksportda ushbu ko‘rsatkich 80 foizga yetkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring