Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Daryoobodliklar endi daryodan suv ichmaydigan bo‘ldi

Daryoobodliklar endi daryodan suv ichmaydigan bo‘ldi

Navoiyda yil yakunigacha 54 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadi.

«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, suv tanqisligining oldini olish, aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida, Navoiy viloyatida yuzlab chaqirim masofalarga, qishloqlarga  quvurlar orqali tortilayotgan tabiatning bebaho ne’mati minglab xonadonlarga hayot olib kirmoqda. Xatirchi tumanidagi Daryoobod qishlog‘i aholisi shu kungacha olisdan suv tashib yoki shundoq yonidagi daryo suvidan ichar edi, yaqinda hududga investitsiya dasturiga ko‘ra toza ichimlik tarmog‘i tortilib, bu orqali qishloq ahlining azaliy orzusi amalga oshdi.

Suv ob’yektlarini qurish injiniring kompaniyasining viloyat boshqarmasi mutaxassisi Dilmurod Madatovning ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilda suv sohasiga yo‘naltirilgan investitsiya dasturiga asosan, viloyatning oltita tumanida, 11ta ob’yektda va 80 km. masofada suv quvurlarini tortish hamda rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan bo‘lib, natijada hududlardagi 21 ming 628 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi maqsad qilingan bo‘lsa, «Obod qishloq» dasturi asosida yana yil yakuniga qadar 8 tumandagi, suv ta’minoti og‘ir 25 ta mahalladagi qishloqlarga 186 km. suv quvurlari tortilib, 32 ming 101 nafar aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring