Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat idoralarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ochiq reytingi shakllantiriladi

Davlat idoralarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ochiq reytingi shakllantiriladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.

Unda qayd etilishicha, endi, murojaatlarning barchasi yagona elektron bazada yuritilib, Xalq qabulxonalari har chorakda davlat idoralarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha ochiq reytingini shakllantiradi.

«Joriy yil 1 oktyabriga qadar barcha vazirlik va idoralar, hokimliklarda murojaatlarni ro‘yxatga olish, ularni ko‘rib chiqish va natijasini nazorat qilish bo‘yicha Yagona onlayn platforma yaratiladi. Ushbu platforma orqali vazirlik va idoralar, hokimliklarda murojaatlar bilan ishlash faoliyati monitoring qilinib, har oyda Senatga va Hukumatga tahliliy ma’lumot kiritib boriladi.

Shuningdek, aholi murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni hal etish bo‘yicha vazirlik, idora va hududlar rahbarlarining hisobotini Senatda har chorakda, mahalliy hokimliklar hisobotini esa mahalliy Kengashlarda har oyda eshitib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi», dedi prezident.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralar, hududlar rahbarlarining hisobotlari eshitilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring