Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasi raisi iste’foga chiqish uchun ariza yozgani rostmi?

Davlat soliq qo‘mitasi raisi iste’foga chiqish uchun ariza yozgani rostmi?

Foto: «Kun.uz»

Bugun, 29-dekabr kuni bir qator internet saytlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi Botir Parpiyev o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash uchun ariza yozgan, degan mazmunda xabarlar tarqaldi.

Biz ushbu xabarga oydinlik kiritish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati bilan bog‘landik. U yerdan ma’lum qilishlaricha, bu kabi xabarlar mutlaqo yolg‘on va hech qanday asosga ega emas.

Hozirda soliq tizimida bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. B.Parpiyevning sog‘ligi ham yaxshi, oldingidan-da ko‘proq g‘ayrat bilan mehnat qilayotgani aytildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring