Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasi: «Tungi klublar katta miqdorda soliqdan qochmoqda»

Davlat soliq qo‘mitasi: «Tungi klublar katta miqdorda soliqdan qochmoqda»

Davlat soliq qo‘mitasi Toshkentdagi tungi klublar katta miqdorda soliqdan qochganini e’lon qildi.

Qo‘mita xabarida aytilishicha, tungi klublarning hammasi yagona soliq to‘lovchisi bo‘lib, 2018 yilning I yarim yilligida budjetga 1,3 mlrd.so‘m yoki oyiga o‘rtacha 226 mln.so‘mdan soliq to‘lagan.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‘tkazilgan xronometraj va tahlil natijalariga ko‘ra, xronometraj natijalari kechdan tonggacha ishlayotgan bunday sub’yektlarda eng kam hisobda tushumlarini o‘rtacha 4 barobargacha yashirilayotganligini ko‘rsatmoqda. Agar bu raqamlarni 6 oyga ko‘paytiradigan bo‘lsak, xaqiqiy tushum 54,2 mlrd.so‘mni tashkil etadi.

Lekin, korxonalar tomonidan hisobotlarida jami tovar aylanma summasi 13,6 mlrd.so‘mni tashkil etganligi ko‘rsatilib, oradagi farq summasi 40,6 mlrd. so‘mdan iborat. Bu 4,1 mlrd.so‘m soliqlar budjetga to‘lanmadi degani.

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida har bir tunggi maskanlarda mijoz tomonidan bir dona stolni band qilish uchun norasmiy majburiy buyurtma (obyazalovka) mavjudligi aniqlangan. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha olib borilgan hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha bir kishi bitta stolni band qilishi uchun 137,4 ming.so‘mdan to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. O‘rindiqlar soni o‘rtacha 50 tadan hisoblanganda bir kunda 254,2 mln.so‘m va bir oy davomida shunday faoliyat amalga oshirilsa 7,6 mlrd.so‘m, 6 oy davomida esa 45,7 mlrd.so‘mni tashkil etadi. Bu yana 4,5 mlrd.so‘m soliq degani.

Bular hali hammasi emas, hisobotlarida ishlayotgan xodimlarini 10-11 nafardan ko‘rsatgan bo‘lsalar, xaqiqatda 20-25 tagacha yoki 2 barobarga yashirilmoqda va ularga ham konvertda berilayotgan ish haqiga daromad solig‘i hisoblanadigan bo‘lsa, bu ham o‘rtacha 250 mln.so‘mga yaqin soliq summalari degani.

Bugungi kunda soliq organlariga berilgan qo‘shimcha vakolatlar, zamonaviy axborot texnologiyalari bunday sub’yektlarni nazoratga olish va to‘liq soliqqa tortish imkoniyatini kafolatlaydi.

Davlat soliq xizmati organlari tomonidan barcha sub’yektlarga nisbatan ogohlantirish xatlari yuborilib, nazorat tadbirlari davom ettiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring