Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat soliq qo‘mitasiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Behzod Musayev Davlat soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlangani haqida xabar bergandik.

Qo‘mita axborot xizmati ma’lum qilishicha, DSQ raisiga bir nafar birinchi o‘rinbosar va uch nafar o‘rinbosar ham tayinlangan.

Iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Mubin Mirzayev DSQ raisiga birinchi o‘rinbosar sifatida, shuningdek, Toshkent tumani hokimi Hotambek Anvarovich Shakirov, Hisob palatasida ishlagan Bahodir To‘xtamishevich Turobov hamda Mirziyod Mirvohidovich Mahkamov DSQ raisi o‘rinbosari lavozimida ish boshlashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring