Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi ertaga boshlanadi

Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risidagi qonun loyihasi muhokamasi ertaga boshlanadi

Foto: «xs.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o‘n to‘rtinchi yalpi majlisi oldidan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qo‘mita raisi Farrux Dadaxo‘jayev boshqargan yig‘ilishda senatorlar, tegishli tashkilotlar vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Unda «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni haqidagi masala ko‘rib chiqildi.

«Mudofaa doktrinasi» va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil yanvarda Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan mudofaa vaziri o‘rinbosarining sohada amalga oshirilayotgan ishlari to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Aytish kerakki, 2018-yil 29-mart kuni o‘z ishini boshlaydigan Oliy Majlis Senati yalpi yig‘ilishida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni loyihasi ko‘rib chiqiladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring