Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari agentligi Ozarbayjon bilan muhim hujjatni imzoladi

Davlat xizmatlari agentligi Ozarbayjon bilan muhim hujjatni imzoladi

Toshkentda «Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va Ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasida Davlat xizmatlari markazlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv Memorandumi»ni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda tashkilotning Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Belgilangan o‘zaro hamkorlik asosiy vazifalari ichida:

-markaz xodimlarining malakasini oshirish, xizmatlar ko‘rsatish jarayoni va boshqategishli yo‘nalishlar bo‘yicha treninglarni tashkil etish;

-«ASAN service» markazlarida markaz va ma’muriyat xodimlari uchun Ozarbayjon va O‘zbekistonda amaliyot/tajriba almashish uchun o‘quv tashriflarini tashkil etish;

-davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etishning konsepsiyalari va samarali boshqaruv mexanizmlari bo‘yicha qo‘shma konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari tashkil etish;

-mobil «ASAN xidmat» sohasida maslahat berish;

-davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida O‘zbekiston imkoniyatlarini o‘rganish hamda «Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini takomillashtirish» nominatsiyasida BMT va ASAN ISESCO mukofotlarini olish uchun loyihalar ishlab chiqish;

- va boshqalar.

Ma’lumot uchun: Davlat xizmatlari agentligi tashkil etilishi bilanoq sohaga oid ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish, ijobiy xalqaro amaliyotlarni mahalliy sharoitlarga moslashtirish va joriy qilishga alohida e’tibor qaratmoqda.

«ASAN» xizmat markazlarining tajribasi dunyoda eng ilg‘orlar safiga kiradi. Shu bois, davlat xizmatlari sohasidagi o‘zaro hamkorlikning ilk qadamlari 2017 yil dekabrida qo‘yilgan edi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimining tez sur’atlarda rivojlanishi ozarbayjonlik hamkasblar tomonidan yuqori baholandi. Joriy yilning yanvar oyida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmati va ijtimoiy innovatsiyalar bo‘yicha davlat agentligi apparati boshlig‘i Azad Djafarli boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Xizmat safari davomida Ozarbayjon tomoni O‘zbekiston davlat xizmatlari milliy tizimini tashkil etish tajribasi, Davlat xizmatlari markazlari faoliyati, aholi bilan ishlash tizimi bilan tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring