Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari agentligidan yana bir qulaylik taqdim etilmoqda

Davlat xizmatlari agentligidan yana bir qulaylik taqdim etilmoqda

Foto:«Uza.uz»

Shu yilning 7-iyunidan boshlab, Toshkent shahrida jismoniy shaxslarga fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlari (FHDYo) haqidagi (tug‘ilish, nikoh, nikohdan ajralish, o‘lim, yolg‘iz ona, otalikni belgilash, ma’lumotlar mavjud yoki mavjud emasligi haqida va boshqa) ma’lumotnomalarni berish Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshiriladi. Bu yangilik hozircha Toshkent shahri doirasida joriy etilmoqda.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun fuqaro doimiy ro‘yxatdan o‘tgan hududdagi Davlat xizmatlari markazigagina murojaat  qilishi shart emas. Balki o‘ziga qulay bo‘lgan markazga murojaat etishi mumkin.

Davlat xizmati  ko‘rsatganlik uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

Fuqarolardan davlat xizmatini ko‘rsatish jarayonida ortiqcha hujjatlar talab etilganda yoki ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘yilganda Davlat xizmatlari agentligining 1148 qisqa raqamli «Ishonch telefoni»ga murojaat etishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring