Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davlat xizmatlari markazining o‘zi fuqarolarni yo‘qlab bormoqda

Davlat xizmatlari markazining o‘zi fuqarolarni yo‘qlab bormoqda

Har bir tumanning olislarda joylashgan  «qir kechar» qishlog‘i bo‘ladi. Navoiy viloyatining Navbahor tumanida ham bunday qishloqlar kam emas.  Mazkur hudud odamlari oyida bir marotaba tuman markaziga bozor uchar yoki hujjat olish uchun tushsa ham katta gap edi.  Fuqarolarning birgina hujjat olishdagi davlat xizmati uchun esa tizimning maxsus  mobil avtobusi grafik asosida haftada bir kun  olis qishloqlarni oralaydi.

Navbahor tumanining «Armijon» mahallasi ham xuddi shunday markazdan uzoqda joylashgan hududlardan. Mobil avtobusning bu galgi tashrifi tufayli  qishloqda bitta oilaviy korxona, uch nafar  yakka tartibda faoliyat yuritayotgan tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tdi. Ikkita yangi qurilgan imoratlar egalaridan suv va elektr energiyasi tarmoqlariga ulanishga texnik shart olish uchun joyida murojaatlar olindi. Dorixona ochgan tadbirkorga ham litsenziya olish maqsadidagi arizasi vakolatli organga tashlab berish uchun qabul qilindi.

Qishloq oralab kuzatganimiz va bilganimiz odamlar davlat xizmatiga bo‘lgan ehtiyoji joyida yechilayotgani bois xizmat sifatidan mamnun. Kun davomida markaz xodimlari aholiga sayyor xizmat jarayonida 38 ta davlat xizmati ko‘rsatdilar.  Bundan tashqari oilaviy korxonalar tashkil etishning afzalliklariga doir huquqiy tushunchalar berildi. Mobil avtobus xizmatlariga odatlanib borayotgan aholining boshqa xizmatlar bo‘yicha murojaatlari ham qabul qilinib,  xalq qabulxonalariga yetkazilmoqda.

         Kamil Nurnazarov,
Navbahor tumani DXM direktori

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring