Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Davlat xizmatlari markazlarida yangi uniforma joriy etildi

Davlat xizmatlari markazlarida yangi uniforma joriy etildi

Foto: Davlat xizmatlari agentligi

Davlat xizmatlari markazlarida bugun, 15-fevraldan xodimlar uchun yangi uniforma joriy etildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga DXA Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi ma’lum qildi.

Har qanday xizmat ko‘rsatish maskaniga keluvchilarning e’tiborini birinchi o‘rinda bu yerda ishlovchilarning tashqi ko‘rinishi, ularning muomala madaniyati, ochiqligi tortadi. Davlat xizmatlari agentligi shu jihatlar bilan birga, har bir keluvchining fikr-mulohazalarini ham hisobga olmoqda.

Uniformani ishlab chiqishda har bir xodimning individual imiji tashkilot haqida umumiy baho beruvchi yagona korporativ element ekanligi asos qilib olingan.

Yangi forma xodimlarning qat’iyati va ishchanligiga urg‘u berib, qulay va ixcham. Uniforma komplektlari o‘z ichiga maxsus kashtaga ega pidjak va nimcha, shuningdek erkaklarda to‘plam bilan bitta rangdagi galstuk va shim, ayollarda uchburchak bo‘yin ro‘moli va yubkalarni qamrab oladi. Umuman olganda, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari o‘z kasblariga munosib ko‘rinishda bo‘ladi.

Uniformani joriy etishdan ko‘zlangan maqsad byurokrat-amaldorlar stereotipini yo‘q qilib, xalqqa ochiq bo‘lgan davlat xizmatchilari yangi timsolini yaratish ekanligi ta’kidlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring