Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Davron Hidoyatov Senat a’zosi etib saylandi

Davron Hidoyatov Senat a’zosi etib saylandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Toshkent davlat agrar universitetida viloyatda bo‘shab qolgan o‘ringa O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi saylovini o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma majlis bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidan bo‘shab qolgan o‘ringa Toshkent viloyatidan Oliy Majlis Senati a’zosini saylash masalasi o‘rin olgan. Ushbu o‘ringa Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov nomzodi ilgari surildi.

Sanoq komissiyasi xulosasiga ko‘ra, qo‘shma majlisda 535 ta deputat ishtirok etib, ovoz berish jarayonlariga 531 kishi qatnashdi. Shundan 4 ta saylov blyuteni haqiqiy emas, deb topildi, 9 ta blyutendan foydalanilmadi.

Qo‘shma majlisda ovoz berishda ishtirok etgan deputatlarning 518 nafari Davron Hidoyatovni yoqlab ovoz bergani ma’lum qilindi. Shunday qilib, viloyat hokimi mutloq ko‘pchilik ovoz bilan Oliy Majlis Senati a’zosi etib saylandi, deyiladi viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring