Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Voyaga yetmagan farzandlari bor onalarning xorijga chiqishini taqiqlash taklif etildi

Voyaga yetmagan farzandlari bor onalarning xorijga chiqishini taqiqlash taklif etildi

Deputat Marhabo Qurbonova Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida voyaga yetmagan farzandlari bor onalarning xorijga chiqishini cheklash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. 

Ushbu sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, davlat va jamoat tashkilotlari, tuman sektor rahbarlari, faollar ishtirok etgan.

Deputat «kommunal to‘lovlardan qarz bo‘lsa, xorijga chiqa olmaslik va  3-4 nafar voyaga yetmagan farzandi bor ayollar chet elga bemalol chiqib ketishi»ni solishtirgan. Uning fikricha, «xorijga ketgan onalarning farzandlari tarbiyasidagi muammolar, bu orqali oiladagi ma’naviy muhit va jamiyatga yetkazilayotgan zarar xorijda topilgan boylikdan bir necha barobar ko‘p ekanini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda».

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring