Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Deputat o‘ziga nisbatan bosimlar bo‘layotganini aytdi

Deputat o‘ziga nisbatan bosimlar bo‘layotganini aytdi

Nuriddin Zaynitdinov

Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining deputati, O‘zLiDeP deputatlik guruhi rahbari, Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi o‘rinbosari Nuriddin Zaynitdinov o‘ziga nisbatan bosimlar bo‘layotganini ma’lum qildi.

«Oxirigi voqealar fonida amaldagi deputatlik faoliyatimni yakunlash va partiya safidan chiqib ketish va boshqa siyosiy jarayonlarda ishtirok etmaslik fikriga keldim.

Agar shunday qaror qabul qilsam, tushuningki yetarli asoslar bor.

Prezident talablarini o‘z bilganicha ishlatadigan rahbarlar bor ekan, odam bo‘lishimiz qiyin.

Deputat — xalq vakili ekan, bu amalda shunday bo‘lishi kerak, qog‘ozda emas.

«Siyosiy byurtma» bilan menga qarshi deputatlik faoliyatim uchun provokatsiyalar uyushtirilayotgani va menga bosim o‘tkazilayotgani, meni obro‘sizlantirish, nomimni bulg‘ashga urinishlar menga ishongan va meni saylagan xalqga nisbatan qilingan xiyonatdir.

O‘sha o‘zini xalq fikridan ham yuqori qo‘yadiganlar, o‘z boshini o‘zi yeydi.

Menga qandaydir tarzda bosim o‘tkazib, hech narsaga erisha olishmaydi, kim bo‘lsa ham.

Bu ishlar Yangi O‘zbekistonimizda bo‘lmoqda...» deydi Nuriddin Zaynitdinov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring