Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Adolat» SDP nomzodi: «Sergeli tumani nomini o‘zgartirish — shaxsiy fikrim...»

«Adolat» SDP nomzodi: «Sergeli tumani nomini o‘zgartirish — shaxsiy fikrim...»

Foto:«Xabar.uz»

«Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Rustam Umarovning Sergeli tumani nomini o‘zgartirish taklifi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda.

Nomzod ushbu taklif shaxsiy fikri ekanligini ma’lum qildi, deya xabar qilmoqda partiyaning Toshkent shahar kengashi matbuot xizmati.

«Deputatlikka nomzodlar, umuman O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi Konstitutsiyamizga ko‘ra o‘z fikri, qarashlarini erkin bildirish huquqiga egadir.

Shu boisdan bu mening shaxsiy fikrim ekanligini e’tiborga olishingizni hamda buni O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining pozitsiyasi sifatida talqin qilmasligingizni so‘rayman.

Partiyaning saylovoldi dasturi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlarida mamlakatimiz hududlarining, jumladan, Sergeli tumanining nomini o‘zgartirish ko‘zda tutilmagan», — deydi nomzod.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring