Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Devor bo‘yagan hokim endi g‘isht terdi (foto)

Devor bo‘yagan hokim endi g‘isht terdi (foto)

Foto:«Facebook/ Ulugbek Norbaev»

 
Qo‘qon shahri, Bahmalbop ko‘chasida yashovchi H.Soliyevning oilasi ijtimoiy ruyxatga kiritilib, xonadoni homiylar hisobidan qayta qurib berilmoqda. E’tiborli jihati Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov ham qurilish ishlarida ishtirok etib, ustalarga g‘isht terishda ko‘maklashgan. 
 
Foto:«Facebook/ Ulugbek Norbaev»
 
Jami 2021-yilning birinchi choragi davomida Qo‘qon shahrida 22 nafar ehtiyojmand fuqarolarning uylari qayta qurib berildi. Bugungi kunda yana 30 nafar ijtimoiy muhofazaga muhtoj fuqarolarning xonadonida qurilish ishlari ketmoqda.
 
Eslatib o‘tamiz, shahar hokimi avval ham aholi uylarini oqlashda ishtirok etgani bilan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi. 
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring