Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Doktor Vays: «Har to‘rtinchi odamga sil kasali xavf solyapti»

Doktor Vays: «Har to‘rtinchi odamga sil kasali xavf solyapti»

Foto: «Twitter»

Yer aholisining to‘rtdan bir qismiga sil kasali xavf qolmoqda. Daniyaning Orxus universiteti tadqiqotchisi, doktor Kristian Vays shunday xulosa berdi. Bu haqda «Regnum» yozmoqda.

Sil (tuberkulyoz) eng xavfli yuqumli kasalliklardan bo‘lib, uni yuqtirib olgan odam o‘zi bilmagan holda kasallikni tarqatuvchiga aylanib qolishi mumkin. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, har yili sil 1,6 mln. kishining yostig‘ini quritmoqda.

Dunyodagi har to‘rtinchi odamga shu kasallik xavf solishini daniyalik va shvetsiyalik olimlar guruhi (doktor Vays ham shu guruh a’zosi) aniqladi. Ular 36 mamlakatdagi 88 ta tadqiqotni o‘rganib chiqishdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 16 yil ichida sil kasalligini tag-tugi yo‘q qilishga ahd qilgan. Ammo doktor Vaysning fikricha, bu uddalab bo‘lmas ish: «JSST 2035-yilda sildan butunlay qutulmoqchi, ammo qanday qilib?! Har to‘rtinchi inson organizmida sil bakteriyalari yashaverarkan, buning aslo ilojisi yo‘q».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring