Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Dreamliner» nega reysdan olindi? «Uzbekistan Airways» rasmiy axborot berdi

«Dreamliner» nega reysdan olindi? «Uzbekistan Airways» rasmiy axborot berdi

Foto: «Uzairways»

Internet nashrlarida «Uzbekistan Airways» milliy aviakompaniyasiga qarashli «Boeing 787 Dreamliner» ishdan chiqqani va reysdan olingani haqida xabarlar tarqalgandi.

Milliy aviakompaniya ushbu xabarlar yuzasidan rasmiy axborot berdi.

Unda aytilishicha, «Uzbekistan Airways» xalqaro standartlarga mos tushuvchi parvozlarni amalga oshirishda davom etmoqda. Kompaniya aviaparki tarkibidagi barcha havo kemalari rejali texnik ko‘rik va modifikatsiyadan muntazam ravishda o‘tkaziladi. Shu vaqtda samolyotlar reyslardan olinadi. 

«Parvozlar xavfsizligini ta’minlash uchun ushbu jarayonlar yangi havo kemalariga, jumladan, «Boeing-787 Dreamliner»ga ham qo‘llaniladi. Avval xabar berilganidek, aviakompaniyaning «Dreamliner»laridan biri rejali xizmat ko‘rsatish va modifikatsiyaga yo‘llangan, ularning yakuni bo‘yicha xuddi shu turdagi ikkinchi havo kemasi ham bunday jarayonlarga yuborildi», — deyiladi «Uzbekistan Airways» xabarida.

Rasmiy axborotda keltirilishicha, noto‘g‘ri ma’lumot tarqalishining oldini olish maqsadida «Uzbekistan Airways» tomonidan «Boeing» va «General Electric» kompaniyalari vakillari ishtirokida brifing tashkil etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring