Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DSQ raisi bloger Ashurbayev bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi

DSQ raisi bloger Ashurbayev bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan bayonot berdi

Foto: «Xabar.uz»

Davlat soliq qo‘mitasi bir necha kun avval axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan bloger Azizbek Ashurbayevning huquqlari buzilganligiga doir e’lon qilingan xabar bo‘yicha vaziyatni o‘rgandi. Bu borada Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.Musayev rasmiy bayonot berib o‘tdi.

O‘rganish natijasida 2019-yil 7-iyun kuni A.Ashurbayevning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida reklama joylashtirishi bilan bog‘liq nazorat tadbirida Mirobod tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimlari O.Ziyayev va Sh.Hasanov o‘z vakolatlari doirasidan chetga chiqqanliklari va soliq organlarining kasb odobi qoidalarini buzganligi aniqlandi.

A.Ashurbayev tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlikni bartaraf etish uchun uning shaxsiy uyali aloqa telefonini tortib olmagan holda, tushuntirish ishlarini olib borish va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bilan kifoyalanish lozim edi.

Kasbiy faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun ushbu xodimlar lavozimidan ozod etildi.

Kelgusida shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi bunday nizolarni hal qilish mexanizmini joriy etish masalasini qonuniy va axloqiy jihatlarini hisobga olgan holda ko‘rib chiqishga kirishdi.

Davlat soliq qo‘mitasi o‘z faoliyati ochiqligini ta’minlashdan manfaatdor bo‘lib, bu yo‘lda jurnalistlar va blogerlar bilan yaqin hamkorlik qilish, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va qonuniy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishga tayyor ekanligini bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring