Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyodagi eng qimmat uy sotiladi. Bu uyda qirol yashagan (foto)

Dunyodagi eng qimmat uy sotiladi. Bu uyda qirol yashagan (foto)

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Dunyodagi eng qimmat uy sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda «Life.ru». Umumiy maydoni 1672 kvadrat metr, 14 gektar yeri bor ushbu maskan («Villa Les Cedres») Lojuvard qirg‘oq (Fransiya) dam olish zonasi hududida joylashgan.

Uyni sotuvga shu paytgacha unga egalik qilib kelgan «Grand Marnier» likyor biznesi asoschisi qo‘ydi. Narxi — 411 million dollar.

Binoni 1830-yilda qurishgan, 1850-yili atrofidagi yerlari bilan qo‘shib sotib olgan mer zaytun yetishtirish bilan shug‘ullangan. 1904-yilga kelib esa bino Belgiya qiroli Leopold II ixtiyoriga o‘tdi.

Uyda banketlar zali, 14 ta yotoqxona, hududida sun’iy ko‘l va kattagina otxonasi bor.

Bu yerda dunyodagi eng yaxshi bog‘lardan biri ham joylashgan, 15 ming tupdan ortiq daraxt va tropik o‘simliklar yetishitiruvchi 20 ta issiqxonasi bor.

Uyni sotib olgan kishi mashhur bastakor Endryu Lloyd Uebber hamda «Microsoft» asoschilaridan biri — Pol Allen bilan qo‘shni bo‘ladi.

«Qirol uyi»ning kutubxonasida saqlanayotgan botanika va tabiiy fanlarga oid kitoblarning o‘zi 3 mingtadan oshadi. Ma’lumotlarga qaraganda, kutubxonada 1640-yilda bosilgan, narxi bir necha yuz ming yevro turuvchi kitob ham bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring