Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Durrani Zarra: «Qadimiy Buxoro cheksiz muhabbat va hayratimizga sazovor bo‘ldi»

Durrani Zarra: «Qadimiy Buxoro cheksiz muhabbat va hayratimizga sazovor bo‘ldi»

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyatiga mehmon bo‘lgan dunyoning 40 dan ziyod mamlakatidan tashrif buyurgan iste’dodli, taniqli blogerlarning har biri o‘z yo‘nalishida auditoriyasi qariyb 1 milliard kishini qamrab olgan bo‘lib, ular ayni damda ham Buxorodan olga taassurotlari haqidagi ajoyib postlarni o‘z obunachilariga havola etmoqdalar.

Foto: Xabar.uz

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot kotibi Dilnoza Komilovaning «Xabar.uz»ga xabar berishicha, ayniqsa Kanadadan tashrif buyurgan mashhur bloger – Durrani Zarraning taassurotlari katta. 

«Bizni iliq kutib olgan Saida Mirziyoyeva ta’kidlaganidek, haqiqatdan ham yurtingiz ajoyib turistik mamlakatlardan biri va sayohat qilish uchun juda ajoyib o‘lka ekan. Ushbu qadimiy va Ipak yo‘li yuragida joylashgan zaminda amalga oshirgan sayohatimiz chindan ham juda-juda hayratlanarli, hayajonga to‘la, unutilmas va zavqli o‘tgani bilan barchamizning yodimizda qoladi.

Ayniqsa, Buxoroning xorijliklar diqqatiga sazovor bir-biridan jozibador tarixiy-me’morchilik obidalari bizni o‘ziga maftun etdi. Shuningdek, odamlaringiz mehmondo‘stligi va ochiqko‘ngilligini hamda mazali taomlar, saxovatli ona zaminingiz meva va sabzavotlarining toti xotiramizda muhrlanadi. Hattoki, sayohatimiz erta tugayotgani mazkur ertaknamo shahar husniga to‘ymaganimiz uchun yaqinda qayta tashrif buyurishni reja qildim. Qolaversa, O‘zbekistonni jahon sahnasiga olib chiqishda bir qator ishlar amalga oshirilayotgan ayni davrda, bunga bizning ham hissamiz qo‘shilishi bizda faxr uyg‘otadi» – deydi u.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring