Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX 2 million dollardan ziyod pulni Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi

DXX 2 million dollardan ziyod pulni Qirg‘izistonga o‘tkazmoqchi bo‘lganlarni qo‘lga oldi

Foto:«Xabar.uz»

Davlat xavfsizli xizmati Andijon viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Xo‘jaobod tumani «Munduz» MFY hududida «Andijon-Qorasuv» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan Rahmatillo Ahmedov boshqaruvidagi «Neksiya-3» to‘xtatilgan.

O‘zAning yozishicha,  mashina tekshirilganda, uning yukxonasiga yashirib qo‘yilgan 1 dona 30 litr hajmli yelim idishda va 2 dona sellofan paketda joylangan jami 2.116.501 (ikki million bir yuz o‘n olti ming besh yuz bir) AQSh dollari miqdoridagi xorijiy valyuta borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent shahridan berib yuborilgan ushbu pullarni Qorasuv shahrida yashovchi Rahmatillo Ahmedov Shahrixon tumanida kutib olgan. Mazkur katta miqdordagi xorijiy valyuta bojxona nazoratini chetlab o‘tib, qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasiga chiqarilishi kerak bo‘lgan.

Holat yuzasidan jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ushbu ishga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring