Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhni qo‘lga oldi

DXX  giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi guruhni qo‘lga oldi

Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Muslima Abdurahimova aylanma yo‘llar orqali 2 kilogramm 645 gramm gashish narkotik moddasini mamlakatimizga olib kirmoqchi bo‘lgan vaqtda qo‘lga olindi. Aniqlanishicha, 27 yoshli bu ayol kelishilgan pul evaziga O‘sh shahrida yashovchi Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolari er-xotin Tohir Usmonov va Muharram Inomovaning giyohvand moddalarini O‘shdan Qo‘qon shahriga yetkazib berishi lozim bo‘lgan.Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida o‘sha kunning o‘zidayoq Usmonov va Inomova ham Qo‘qon shahrida ushlandi.

Mamlakatimizga olib kirilgan ushbu zahri qotilning bir qismini sotib olmoqchi bo‘lgan Iskandar Umarov giyohvand moddalarning oldi-sotdi jarayonida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Ikkinchi xaridor Ravshan Qayumov ham tezkor tadbirlar davomida qo‘lga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Abdurahimova, Inomova, Usmonov, Qayumov hamda Umarovlarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.​

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring