Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DXX katta miqdorda psixofaol dori vositalarini olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi

DXX katta miqdorda psixofaol dori vositalarini olib ketayotgan fuqaroni qo‘lga oldi

Foto:«Oxo.uz»

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Namangan viloyati Kosonsoy tumanida yashovchi, 1984-yilda tug‘ilgan Akbarxon Isayev boshqaruvidagi  «Cobalt»  avtomashinasi  «Namangan»  yo‘l patrul xizmati o‘tkazish maskanida to‘xtatilgan.

O‘zAning yozishicha, Avtomobil ko‘zdan kechirilganda, uning yukxonasida 16.814 dona «REGAPEN»  nomli psixofaol dori vositasi borligi aniqlandi va o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi. Ma’lum bo‘lishicha, Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan mazkur psixofaol dori vositalari 1991-yilda tug‘ilgan Abduraufxon Sottixonovga tegishli bo‘lib, Akbarxon Isayev uni Toshkent shahriga yetkazishi kerak bo‘lgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Shuningdek, ushbu ishga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash bo‘yicha ham zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring