Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX va departament xodimlari «pishayotgan ish»ning beliga tepishdi!..

DXX va departament xodimlari «pishayotgan ish»ning beliga tepishdi!..

Marg‘ilon shaharidagi «B» nomli mahalla raisi U.G‘. 300 AQSh dollari olayotganda ushlandi. Oqsoqol shu pul evaziga  bir fuqaroga «yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari» orqali («Har bir oila -  tadbirkor»   dasturi asosida) 30 mln. so‘m kredit «olib bermoqchi» edi. Biroq Bosh prokuratura huzuridagi departament va DXX xodimlari go‘yoki «pishib qolgan» ishning beliga» tepishdi.

Endi bu yog‘i tergov, sud... Chunki, holat yuzasidan allaqachon firibgarlik va pora berishga qasd qilish alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi-da.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining ushbu xabariga marg‘ilonchasiga «o‘zimizdan jichcha qo‘shsak», «Har bir oila - tadbirkor»   -  mahalliy emas, Davlat dasturi hisoblanadi. Buning uchun ozmuncha mablag‘ aajratilgani yo‘q. Fuqarolarning kosasi oqarishi uchun amalga oshirilayotgan shu kabi xayrli ishlar «yuqori lavozimda ishlovchi tanishlar» orqali bitmasligi haqida gap chiqishining o‘ziga toqat qilib bo‘lmaydi. Bunday gap-so‘zlar kim-kim - mahalla raisidan chiqib, ikki o‘rtada «soqqa» qilib qolishga urinish esa ikki karra yoqimsizdir.  

Mutasaddilarga insof, organ xodimlariga to‘zim bersin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring