Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekspert: «Pochta — davlatning muhim instituti»

Ekspert: «Pochta — davlatning muhim instituti»

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentdagi INHA universitetida #MITCROADMAP2018 anjumani bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik. Unda axborot texnologiyalari sohasiga doir bir qator muhim o‘zgarishlar va rejalar haqida ma’lumotlar berildi.

Anjumanda Pochta aloqasi va infokommunikatsiya bo‘yicha konsalting guruhi rahbari Ye.Birger «O‘zbekiston pochtasi»ning bugungi ahvoli haqida gapirdi.

Ekspertning fikricha, sobiq ittifoq mamlakatlarida pochtaning asl vazifasini tushunib yetishmagan va hanuzgacha buni anglamayotganlar bor. Pochta xizmati o‘lgani haqidagi gaplar bekor, u rivojlangan mamlakatlarda davlatning muhim instituti sifatida qayta tug‘ilib bo‘lgan, dedi u. Jumladan, AQShda pochtaning qanchalik muhim rol o‘ynashi haqida misollar keltirdi.

Skrin: «Xabar.uz»

O‘zbekistondagi holatga to‘xtalar ekan, MDH davlatlari bilan taqqoslaganda ham, ahvol juda nochorligini aytib o‘tdi.

Skrin: «Xabar.uz»

«Davlat va jamiyat an’anaviy pochtadan umuman foydalanmay qo‘ygan. Ayni paytda O‘zbekistonda pochta butunlay yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi. Nima sababdan? Pochtachilar yaxshi ishlamayaptimi?  Holatni o‘rgandim, fidoyi mutaxassislar bor. AKT vazirligi har qanday yordamga tayyor... Sabab shundaki — davlat o‘z taraqqiyoti yo‘lida pochtaning rolini hisobga olmayapti. Pochta bu — o‘layotgan soha emas, davlatning muhim instituti ekanini inobatga olmayapti», dedi Y.Birger.

Xalqaro ekspert, shuningdek, O‘zbekistonda pochtani rivojlantirish, modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflarini ham bildirib o‘tdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring