Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lov qoidasi o‘zgardi

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan to‘lov qoidasi o‘zgardi

Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga navbatdagi o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda «Norma» xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 1-martdan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun oldingan to‘lov kiritish qoidalari o‘zgardi: tariflar o‘zgarganda keyinchalik qayta hisoblashlarsiz oldindan to‘lov to‘lanadigan davr ikki baravar – 6 oyga qisqartirilgandi.

Ko‘rib chiqilayotgan o‘zgartirishlar bir-biriga o‘xshashdir, ruxsat etiladigan davr yana 3 baravar – 2 oyga qisqartiriladi. Shu tariqa, maishiy iste’molchilardan elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov tarif o‘zgarganda qayta hisoblashlarsiz ko‘pi bilan 2 oy oldindan qabul qilinadi.

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalarida oldindan to‘lov davri cheklanmagan. Biroq tarif o‘zgarganda iste’molchi to‘lov to‘langan kundan boshlab faqat 2 oy davomida oldindan to‘langan hajm uchun qo‘shimcha to‘lovlardan ozod etiladi.

Elektr energiyasi va gaz uchun oldindan haqni 2019-yil 31-iyulgacha to‘lashga ulgurgan shaxslarga nisbatan qo‘shimcha to‘lovsiz 6 oy to‘g‘risidagi avvalgi qoida qo‘llaniladi.

Ma’lumot uchun: boshqa toifadagi iste’molchilarga (nomaishiy) nisbatan qoidalar ham ikki marta: joriy yilning 1-marti va 1-iyunidan o‘zgartirildi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.07.2019-yildan kuchga kirdi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring