Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda, noqulay ob-havo davom etishi mumkin

Elektr ta’minotidagi uzilishlar bartaraf etilmoqda, noqulay ob-havo davom etishi mumkin

Foto: FVV

Mamlakatimizning turli hududlarida kuni kecha boshlangan va ayni paytda davom etishi kuzatilayotgan kuchli shamol oqibatida daraxt shoxlarining sinib, havo elektr tarmoqlariga shikast yetkazishi natijasida elektr energiyasi yetkazib berishda vaqtincha uzilishlar bo‘lmoqda.

Xususan, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida noqulay ob-havo sharoiti tufayli aholi xonadonlari va ijtimoiy soha ob’yektlarida elektr energiyasida uzilishlar vujudga kelgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, respublika bo‘yicha, 110 kV havo liniyalarida 10 dan ortiq, 35 kV havo liniyalarida 4 ta va 6-10 havo liniyalarida 210 dan ortiq uzilishlar vujudga kelgan. Eng katta talofat ko‘rgan hudud Buxoro viloyatiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.

Hozirda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha «Hududiy elektr tarmoqlari» AJning elektr ta’minoti korxonalari xodimlari tomonidan tunu kun ta’mirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda.

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bunday noqulay ob-havo sharoiti bugun ham respublikaning ayrim hududlarida davom etishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ aholini elektr energiyasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlardan ogohlantirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring