Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektr uchun oldindan haq to‘lash sharti 100 foizdan 50 foizga tushirildi

Elektr uchun oldindan haq to‘lash sharti 100 foizdan 50 foizga tushirildi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoniga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, iste’molchilarga energiya yetkazib berish iste’molchilar tomonidan murojaat qilinganida 50 foizlik oldindan haq to‘lash asosida ham amalga oshiriladi. Ilgari, energiya faqat 100 foizlik oldindan haq to‘langanida yetkazib berilgan.

Oldindan haq to‘lanmagan, 50 foizlik haq to‘laydigan iste’molchilar tomonidan oy oxirigacha yakuniy haq to‘lanmaganda, mazkur iste’molchilarga nisbatan elektr va gazdan to‘liq uzishgacha bo‘lgan choralar ko‘riladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring