Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Endi mahkumlarga ham pensiya beriladi

Endi mahkumlarga ham pensiya beriladi

Manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotgan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga pensiya tayinlanadi. Senat 21-yalpi majlisida senatorlar shu haqdagi qonunni ma’qullaganlar.

Buning uchun mahkumlar manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga ariza berishi kerak.

Bunday shaxslarga pensiya to‘lovi manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limlari tomonidan mahkumlarning shaxsiy hisobvaraqlariga o‘tkazish orqali to‘lanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring