Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi sudyalar faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar bee’tibor qolmaydi

Endi sudyalar faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar bee’tibor qolmaydi

Foto: «Sputnik»

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolariga murojaatnomasida «Sudning ostonasidan qadam qo‘ygan xalqimiz davlatga do‘st bo‘lib chiqishi kerak. Qabul qilingan hukmning adolatli ekaniga ishonishi kerak», — deb ta’kidlagan edi.

O‘tgan qisqa davr mobaynida sud-huquq tizimida yig‘ilib qolgan anchagina muammolar borligi ayon bo‘ldi. Buni o‘z hayotimiz, yon-verimizda bo‘layotgan voqealar ko‘rsatib turibdi. Ildiz otib ketgan muammolarning ba’zilariga ko‘z yumilgan bo‘lsa, ayrimlariga panja ortidan qaralgan. Achinarlisi, sud-huquq tizimi odamlardan, odamlar tabiiy ravishda ushbu tizimdan ancha yiroqlashib qoldi. Ishonchga darz ketdi...

Yuqoridagi muammolarni bartaraf etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi tashkil etildi. Ushbu tuzilmalarni xalq bilan yanada yaqinlashtirish, axborot almashinuvini osonlashtirish maqsadida «Odillik mezoni» jurnali tashkil etilmoqda.

Tahririyat jurnalda xalqimizning talab va istaklaridan kelib chiqqan holda sud-huquq tizimidagi yangiliklarni, tanqidiy-tahliliy maqolalarni berib borishni rejalashtirmoqda.

Jurnalning muassislari sifatida Sudyalar oliy kengashi hamda Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini o‘rganish tadqiqot markazi va O‘zbekiston Sudyalar assotsiatsiyasi tahririyatga kelgan har qanday murojaatni e’tiborsiz qoldirmaydi.

«Odillik mezoni»ga keng jamoatchiligimizning o‘zi baho beradi.

Izohlar 1

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring