Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish uchun kompensatsiyalar ajratiladi

Energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish uchun kompensatsiyalar ajratiladi

Hukumat qarori (217-son, 14.04.2021 y.) bilan Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilish hamda ushbu maqsadlarga olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan kompensatsiya ajratiladi.

Kompensatsiya quyidagi xarajatlarning bir qismini qoplash uchun ajratiladi:

  • jismoniy shaxslarga quyosh fotoelektrik stansiyalari, quyosh suv isitkichlari, shuningdek, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalarni sotib olish xarajatlarining 30 foizi miqdorida, biroq:
  • quyosh fotoelektrik stansiyalari uchun – 3 million so‘mdan;
  • quyosh suv isitkichlari uchun – 1,5 million so‘mdan;
  • energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar uchun – 200 ming so‘mdan oshmaydigan miqdorda;

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalari, energiya samarador gaz-gorelkali qurilmalar va qozonlar, shuningdek, energiya samarador boshqa uskunalarni xarid qilish uchun olingan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismi qoplashga:

  • jismoniy shaxslarga – 500 million so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  •  yuridik shaxslarga – 5 milliard so‘mdan oshmaydigan kreditlar bo‘yicha – Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasidan oshgan qismida, biroq 5 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda.

Ma’lumot uchun: Nizom talablari 2020 yil 1 yanvardan o‘z mablag‘i va kreditlar hisobidan energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni xarid qilgan va o‘rnatgan shaxslarga tatbiq etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring