Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng yaxshi bahoni «Global Innovatsion Indeks» beradi

Eng yaxshi bahoni «Global Innovatsion Indeks» beradi

Foto: «UzReport.news»

2018-yilning 7-may kuni Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Sherzod Shermatov «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekistonni 2035-yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli modelini, shuningdek mamlakatimizni innovatsion taraqqiy ettirish strategiyasini shakllantirish maqsadida vazirlik va «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.

Ekspertlar uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish bo‘yicha o‘tgan davrda qilingan ishlar va o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, turmush farovonligini oshirish, inson kapitali sifatini yaxshilash, uzoq muddatli investitsiyalar bozorini rivojlantirish va davlat hokimiyati institutlarini isloh qilishni ko‘zda tutgan holda O‘zbekistonni 2035-yilgacha rivojlantirishning uzoq muddatli taraqqiyot modelini shakllantirish istiqboli muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Sherzod Shermatov O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha qilingan ishlar haqida so‘zlab berdi. Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, strategiyani amalga oshirish monitoringi mexanizmi sifatida «Global innovatsion indeks» tanlab olingan. U qilingan ishlar haqida ishonchli ma’lumot beruvchi, eng samarali, xalqaro darajada tan olingan vositalardan biridir.

Uchrashuv yakunida taraflar Innovatsion vazirlik va «Buyuk kelajak» ekspertlar kengashi o‘rtasidagi qizg‘in hamkorlik O‘zbekiston prezidenti tomonidan qo‘yilgan topshiriqlarni amalga oshirishda ulkan samara berishini e’tirof etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring