Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Talablarga so‘zsiz amal qilishga odatlanishimiz kerak»- Maxsus komissiya murojaati

«Talablarga so‘zsiz amal qilishga odatlanishimiz kerak»- Maxsus komissiya murojaati

Foto:«Xabar.uz»

Koronavirus bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi yurtimiz aholisiga murojaat yo‘lladi. 

«Besh oydan ortiq vaqt davomida davlatimiz rahbarining topshiriqlari va ko‘rsatmalariga muvofiq bu xatarni imkon qadar kam talafot bilan yengib o‘tish uchun barcha zarur choralarni ko‘rib kelmoqdamiz.

Ko‘rilgan samarali chora-tadbirlar hamda tibbiyot hodimlarining fidokorona xizmatlari natijasida bugungi kunga kelib O‘zbekistonda koronavirus yuqtirgan jami 40 mingdan oshiq fuqarolarimizning qariyib 38 mingga yaqini yoki 93 foizi sog‘aydi, 2 ming 700 dan ziyod bemorni davolash va oilasi bag‘riga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Vaziyat ayniqsa Toshkent shahrida ijobiy tomonga o‘zgarmoqda. Yaqinda Rossiya, Germaniya va Xitoydan taklif etilgan shifokorlar hududlar o‘rtasida taqsimlangani, xorijlik ekspertlar asosan og‘ir ahvoldagi kasallarni eng zamonaviy uslublar asosida, tizimli ravishda davolashga jalb etilgani o‘zining yaxshi samarasini berdi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirayotgan shu va boshqa chora-tadbirlarimiz yaqin kunlarda o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatishiga, barcha yurtdoshlarimiz yanada jipslashib, har tomonlama tartib-intizomni saqlagan holda, yuksak onglilik va mas’uliyat ko‘rsatib, mo‘’tabar keksalarimizning duoi fotihalari bilan bu sinovdan eson-omon o‘tishimizga, qattiq ishonamiz.

Vujudga kelgan murakkab sharoitni hisobga olib, bu yilgi qator bayramlar va ommaviy tadbirlar o‘tkazishni vaqtincha to‘xtatganimizdan barchangiz xabardorsiz.

Mana, yurtimiz mustaqilligining 29 yillik ayyomi ham yaqinlashib kelyapti. Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga muvofiq, pandemiya sharoitida mazkur buyuk sanani nishonlash tartibini kelishib olish uchun sog‘liqni saqlash tizimining vakillari bilan maslahat qildik. Albatta, bunda ham asosiy vazifa – xalqimiz salomatligini asrash nuqtai nazaridan masalaga yondashildi.

Pandemiya bilan bog‘liq vaziyat bu yil joylarda katta yig‘in va ommaviy sayillar o‘tkazishni, shuningdek, bog‘ va ko‘ngilochar maydonchalarda konsert dasturlari tashkil etishni, Toshkent shahri va viloyatlar markazlarida mushakbozliklarni cheklashni talab qilmoqda. Shuning uchun ushbu ulug‘ sanani ko‘proq oila davrasida nishonlashni tashkil etish maqsadga muvofiq, degan qarorga keldik.

Korxona va tashkilotlarda ham bayram tadbirlari rejalashtirilgan taqdirda, ularni sanitariya normalariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazish kerakligini alohida ta’kidlamoqchimiz.

Ushbu kunlar biz uchun har qachongidan-da sinovli bo‘ladi. Ko‘rilayotgan choralar qanchalik natija berishi tez orada ayon bo‘ladi.

Shu munosabat bilan, har birimiz pandemiya sharoitida yashash va ishlashga, harakatlarimizda epidemilogik talablarga so‘zsiz amal qilishga odatlanishimiz kerak.

Shu bois, hokimlar, sektor rahbarlari va vazirlarga doimiy ravishda vaziyatni tahlil qilib, COVID-19 tarqalishini qat’iy cheklash, bemorlarni samarali davolash va ehtiyojmandlarga yordam berish bo‘yicha barcha choralarni ko‘rib borish topshiriladi».

Eslatib o‘tamiz, Maxsus komissiya avval ham yurtdoshlarimizga murojaat yo‘llagandi. Unda agar karantin yumshatilishida qoidalarga amal qilnmasa, qat’iy karantin qaytishi ta’kidlangandi. 

O‘zbekistonda karantin tartiblari qaytadan 15 avgust kuni yengillashtirildi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring