Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yer masalasida hokimlarning yana bir qator vakolatlari bekor qilinmoqda

Yer masalasida hokimlarning yana bir qator vakolatlari bekor qilinmoqda

Yer kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis deputati Rasul Kusherbayev o‘z Telegram kanalida ma’lum qilgan.

Unga ko‘ra, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov yakunlarini tasdiqlash vakolati bekor qilinadi. Shuningdek, yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha ochiq elektron tanlov natijalarini viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarori bilan tasdiqlash talabi ham bekor qilinishi ko‘zda tutilgan.

Deputatning aytishicha, qonun loyihasi deputatlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Endi navbatdagi masala ijaraga berish bo‘yicha ijara shartnomalari va qarorlarni bekor qilishda hokimliklar vakolatini cheklash va buni faqatgina sud tartibida amalga oshirishni belgilab qo‘yish bilan bog‘liq.

«Umid qilamizki, qisqa vaqt ichida ushbu masalada ham ijobiy yechim bo‘ladi. Fikrimizcha, yer munosabatlarida hokimliklar va boshqa davlat organlarining aralashuvini cheklab, ochiq, inson omilidan xoli tizimning tashkil etilishi ushbu sohadagi korrupsion holatlarning yo‘q bo‘lishiga olib keladi. Bu eng to‘g‘ri yo‘l va bu yo‘ldan to‘xtamaslik kerak», deb yozgan Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring