Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yer osti boyliklari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilinadi

Yer osti boyliklari to‘g‘risida yangi qonun qabul qilinadi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «Yer osti boyliklari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasi yer osti boyliklaridan foydalanishning quyidagi resurslari bilan munosabatni tartibga solishni ko‘zda tutmoqda:

  • foydali qazilmalar;
  • texnogen mineral hosilalar;
  • yer osti boyliklari makoni.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi hududida sanoat qimmatiga ega bo‘lgan foydali qazilmalarning avval ma’lum bo‘lmagan konini ochgan yoki avval ma’lum bo‘lgan konda foydali qazilmalarining qo‘shimcha zaxiralarini yoki yangi foydali qazilmalar va bog‘liq bo‘lgan komponentlarni aniqlagan shaxslar pulli mukofot olish huquqiga ega.

Shuningdek, yer osti boyliklari quyidagilar uchun muddatli foydalanishga beriladi:

  • geologik o‘rganish uchun – ellik yilgacha bo‘lgan davom etadigan muddatga;
  • foydali qazilmalarni qazib olish va texnogen mineral hosilalardan foydalanish uchun – yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
  • oltin qazib olish ishlari uchun – uch yil davom etadigan muddatga;
  • foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarda yer osti boyliklari makonidan foydalanish yigirma besh yilgacha bo‘lgan muddatga;
  • oltin qazib olish ishlari uchun – uch yil davom etadigan muddatga;
  • nodir tosh xom ashyo, poleantologik qoldiqlar va boshqa geologik kolleksion materiallar namunalarini yig‘ish – ikki yil davom etadigan muddatga.

Qonun loyihasi 6 bo‘lim, 16 bob va 124 moddadan tarkib topgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring