Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Erkinjon Turdimov ham lavozimiga qayta tasdiqlandi

Erkinjon Turdimov ham lavozimiga qayta tasdiqlandi

Foto: Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati

Bugun, 13-yanvar kuni xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining VI chaqiriq birinchi sessiyasida viloyat hokimini lavozimga tayinlash masalasi ham ko‘rib chiqildi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar berdi.

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga taqdim etilgan nomzodni tasdiqlash to‘g‘risida»gi qaror bir ovozdan ma’qullandi. Erkinjon Turdimov viloyat hokimi lavozimiga qayta tasdiqlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring