Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga Erondan iliq va quruq havo kirib keladi

O‘zbekistonga Erondan iliq va quruq havo kirib keladi

Foto:«Xabar.uz»

Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlarida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. 

Qisqa vaqtga havo sovuq bo‘lganidan so‘ng, bugun va dam olish kunlarida O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan iliq va quruq havo kirib kelishi boshlanadi.

Bugun respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida havo ochiq bo‘lishi kutilmoqda, haroratning kunduzgi maksimumi 23-25° ni, ba’zi joylarda 8-30° gachani tashkil etadi.

Ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida havo bulutli bo‘ladi. Yomg‘ir kutilmaydi va harorat deyarli o‘zgarmaydi.

Yakshanba kuni respublika hududining katta qismida havo kam bulutli bo‘ladi. Kunduz kungi harorat 27° ga, janubda va cho‘l hududlarida 30° ga yetadi.

Eslatib o‘tamiz, eng iliq yillarda ushbu kunlardagi havo harorati 32-35°, janubda 36-38° bo‘lgan.

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2200 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi saqlanib qolmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring