Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ertadan yurtimizga jazirama kirib keladi

Ertadan yurtimizga jazirama kirib keladi

Foto: Xabar.uz

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23-25, kunduzi 40-42 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja, ayrim joylarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi. 

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 22-27, kunduzi 39-44 daraja, ayrim joylarda 46 darajagacha issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20-25, kunduzi 36-41 daraja issiq bo‘ladi. 

Respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 14-19, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi. 

24-26 iyul kunlari O‘zbekistonga Eron hududlaridan issiq havo oqimining kirib kelishi sababli respublikamizda ob-havo juda issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Shu kunlari havo harorati iqlim me’yoridan 4-6 daraja yuqori bo‘ladi.

Kunduzi havo 41-44 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarida 45-46 darajagacha issiq bo‘ladi.

25-27 iyul kunlari respublikamiz hududida vaqti-vaqti bilan shamolning tezligi sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi, bu kuchayish qum bo‘ronlari bilan birga sekundiga 25-30 metrgacha bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring