Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ertaga «Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod» avtomobil yo‘li yopiladi

Ertaga «Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod» avtomobil yo‘li yopiladi

Foto: «Uza.uz»

Toshkent viloyati Nurafshon shahrida olib borilayotgan keng ko‘lamli obodonlashtirish va qayta qurish ishlari munosabati bilan ayrim avtomobil yo‘llarida avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilmoqda.

Bu haqda viloyat ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB axborot xizmati ma’lum qilmoqda. Xabarda qayd etilishicha, Nurafshon shahar hokimining tegishli farmoyishiga asosan ertaga – 23-aprel kuni 4R-20 – «Qorasuv-Bo‘ka-Bekobod» avtomobil yo‘lining 0-2 kilometrlari oralig‘ida transport vositalari harakati to‘liq to‘xtatiladi.

Viloyat IIBB YHXB shu munosabat bilan yo‘l harakati ishtirokchilaridan ushbu holatni inobatga olgan holda harakatlanishi hamda yo‘l harakati qoidalari talablariga amal qilishini so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, 4R-20 yo‘li viloyatning Bekobod shahri, Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on tumanlari poytaxtimiz bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring